mIRCni o'rnatish.
Home

Latest News
Download mIRC
How to Install
Translations
Message Boards

Intro to IRC
IRC FAQ

Intro to mIRC
mIRC FAQ
Command List

How to Register

Mailing Lists
IRC Networks
Chat Links
More Info

mIRC dasturi Ingliz tilida yozilgan va boshqa tildagi nusxasi hozircha mavjud emas. Shunga qaramasdan, boshqa tilda so'zlashuvchilar uchun mIRCni ishlatish unchalik qiyin emas. Ko'pchilik tugmalar, xususiyat va funksiyalar oddiy va maqsadga muvofiq buyruq hamda belgilarni ishlatadi. mIRCni o'rnatish va birinchi marta ishlatish odatda birinchi va yagona muammodir. Bizning maqsadimiz o'sha qiyinchilikni ushbu fayl orqali osonlashtirishdir.

Ushbu ma'lumot Sherzod Mamatkulov tomonidan tarjima qilingan, original fayl muallifi Tjerk Vonck va fayl ushbu adresda joylashgan: http://www.mirc.co.uk/english.txt. Nazarda tutingki, Tjerk Vonck o'zbekchani tushunmaydi. mIRC haqidagi savollarni faqatgina ingliz tilida [email protected] ga jo'natishingiz mumkin.

IRC nima.

IRC (Internet Relay Chat) butun dunyodan odamlar uchrashib gaplasha oladigan virtual joydir (gaplashish - yozish albatta). User (foydalanuvchi) sifatida siz mIRC -IRC tarmoqdagi serverga ulanadigan mittigina dastur- ni ochasiz. Hamma serverlar o'zaro bog'langan va IRC tarmoq orqali xabarlarni userdan userga uzatadi. Dunyoning qaysi chekkasida bo'lishdan qat'iy nazar, siz yuzlab IRC tarmoqlardagi minglab channel (xona)larning birontasidagi umumiy baxsda qatnashish yoki oila yo do'stingiz bilan alohida gaplashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. IRCda siz turli xildagi insonlarning manfaatlari, fikr va mulohazalarini uchratasiz.

mIRC nima.

IRCni ishlatish uchun mIRCga o'xshash mitti dastur kerak bo'ladi. mIRC Windows uchun Khaled Mardam-Bey tomonidan yozilgan juda qulay va ajoyib xususiyatlarga ega IRC kliyentdir. mIRCni http://www.mirc.com/ dan bepul ko'chirib olishingiz mumkin. Ushbu yordam faylda sizga mIRCni olish, o'rnatish va ishlatishda yordam beramiz.

IRCga ulanish

Xavotir olmang, sizga mIRCni olish, o'rnatish va ishlatishda yordam beramiz. Agar shu joygacha kelgan bo'lsangiz, albatta mIRCni olib kompyuteringizga o'rnatishga erishasiz, bugun bo'lmasa ertaga! Faqat o'qishni davom ettirib, yo'l-yo'riqlarga amal qiling.

Agar chalkashib ketsangiz paragrafni boshqatdan o'qib chiqing. Agar boshida ozgina tushunish qiyin bo'lsa, biroz chekinish qilib orada boshqa narsani o'qisangiz bo'ladi. Ushbu joyni o'qishni maslahat berardim: http://www.mirc.com/ircintro.html. Har doim yodingizda bo'lsin; yordam va ma'lumot judayam ko'p, faqat -siz- ularni o'qishingiz kerak.

mIRCni ko'chirib olish

mIRC xuddi boshqa Internetdagi ko'pchilik dasturlarga o'xshab o'z-o'zini o'rnatadigan faylda tarqatiladi. Birinchi bo'lib mIRCning qaysi xilini ishlatishingizni bilib olish kerak. mIRCning 16-bit va 32-bit xillari mavjud. 16-bit xili Windows 3.1 yoki 3.11 ga o'xshagan eskiroq (16-bit) tizimlar uchun mo'ljallangan. 32 bit xili Windows95, Windows98, Windows2000, WinME yo WindowsNT ga o'xshagan yangiroq tizimlar uchundir.

Garov o'ynaymanki allaqachon qaysi xili kerakligini bilib olgandirsiz? 16-bit xili taxminan mircxxs.exe deb nomlanadi. "s"ni ko'ryapsizmi? O'sha "s" "sixteen" ya'ni 16ni bildiradi. 32-bit xili esa mircxxt.exe deb nomlanadi. "t" harfi "thirty-two", ya'ni 32ni bildiradi.

Endi o'zingizga kerakli mIRCni bironta websitedan olishga tayyorsiz. Browseringizni ochib, http://www.mirc.com yoki bironta ko'zgu saytiga boring. Uyerda olish sahifasiga ulanma (link) bilan birga uzungina ko'chirish adreslari ro'yxatini ko'rasiz. Qaysi adresni ishlatishingizning ahamiyati yo'q; hammasida bir xil fayl bor! Albatta yaqinroq joydan olish tezroq kechadi. Tanlagan faylingizni qattiq diskka saqlang. Qaysi papkaga saqlaganingiz esingizdan chiqmasin. Sabr tagi sariq oltin, mIRCni ko'chirib olishga biroz vaqt ketishi mumkin...

Keyin nima qilay? O'rnatish!

mIRCni ko'chirib bo'lganingizdan keyin uni kompyuteringizga o'rnatishga tayyorsiz. Hozirgina olgan faylingizni ismi esingizdami? O'shani qidiring. Topgandan so'ng ikki-klik qiling. Shu bilan mIRCni o'rnatish boshlanadi. Ushbu dastur sizdan foydalanuvchi litsenziyasini o'qishni va o'rnatish papkasi (diskdagi mIRC o'rnatiladigan joy)ni so'raydi. Odatiy c:\mirc\ papkasi juda mos keladi. "OK"ni birnecha marta bosing, vanihoyat "Install" tugmasini bosing, shu bilan tamom! O'rnatuvchi fayl hamma narsani bitiradi.

mIRCni birinchi marta boshlash

Endi mIRC kompyuteringizga o'rnatilgan va ishlatishga tayyor. Davom etishdan oldin Internetga ulangan bo'lishingiz kerak. Hardoimgiday modemingizni yoqing, bo'ptimi? Endi Start Menu yoki mIRC dastur guruhidan mitti mIRC ikonini qidiring. O'sha ikonni bosib mIRCni boshlashingiz mumkin.

mIRC birinchi marta boshlanadi va Options menyusi chiqadi. Unga ozgina asosiy ma'lumotni kiritish kerak. Birinchi bo'lib "Connect" oynachasigina muhim. Ro'yxatdagi birinchi narsa. Boshqa boshog'riq mayda-chuydalarni unuting. Full name (to'liq ism), E-mail address, Nickname (laqab) va Alternative (muqobil laqab) ni to'ldiring;


Full name: Haqiqiy ismingiz (mas: Sherzod Mamatkulov)
E-mail address: Email adresingiz (mas: [email protected])
Nickname: Chatda ishlatish uchun birdan to'qqizgacha hajmdagi bironta laqab (mas: haligi)
Alternate: Agar biron-bir odam laqabingizni ishlatayotgan bo'lsa, manashu muqobil laqabingiz ishlaydi (mas: haligi2)

Xohlasangiz boshqa serverni tanlashingiz mumkin, lekin o'zidagi Tasodifiy DALnet ham bo'laveradi. Agar no'malum bo'lib qolmoqchi bo'lsangiz asl ism va e-mail adresingizni yozish shart emas. "Invisible mode" ni ko'ryapsizmi? O'shani belgilab qo'yishni maslahat berardim, chunki server bo'yicha sizni qidirishdan himoya qiladi.

Hammasini tugatgandan so'ng, kattagina "Connect to IRC server" tugmasini bossangiz, darrov IRCga ulanasiz. Tabriklayman! Eng yaxshi tomoni shuki, keyingi gal bu narsalarni to'ldirib o'tirish shart emas :)

Nimalar yuz bermoqda?

O'zingizni bosib atrofga nazar soling... Ko'p narsalar yuz bermoqda. mIRC (umid qilamanki) bironta DALnet serveriga ulandi. Bu server sizga sistema holati haqida "Status" oynachasiga xabarlar yuboradi. Yana "Channel papkasi" chiqadi. Diqqat bilan qarang; unda dunyodagi eng ommaviy channellar yozilgan. O'shalardan birontasini urinib ko'rishingiz mumkin? Ro'yxatdagi bironta channel nomiga ikki-klik qilishingiz mumkin.

Channel(xona)ga qo'shilganingizdan keyin yangi oynacha paydo bo'ladi. O'sha channelda gaplashayotgan odamlarni laqabi o'ng tomonda turadi. Chap tomondagi panelda gaplashish yuz beradi. Cahnnel oynchasini tagiga "Salom!" deb yozib ko'ring... Maza qilib gaplashavering!

Channeldan chiqib ketish uchun yuqori-chapdagi channel yopish qutisini ikki-kliklang.

Zo'r narsa ekan-ku!

Axa... Ko'rib turganingizday IRCga ulanish uncha qiyin emas. Shu joygacha kelgan bo'lsangiz hali oldinda juda ko'p narsa bor! Siz ko'rgan kichkina xonalar ro'yxati to'liq emas. IRC tarmog'ida unaqalardan mingta. /list buyrug'i orqali ularning hammasini ko'rishingiz mukin.

Eslatma: Ekranning yuqorisidagi Commands menyusida mIRCning barcha asosiy buyruqlari mavjud, chalkashib ketsangiz o'shandan foydalaning.

Boshqa IRC tarmoqlariga ham osonlikcha ulanish mumkin. Oldin ko'rganingizday, File/Options/Connect menyusidan boshqa IRC tarmoq va serverlarni tanlashingiz mumkin. Kattagina "Connect to IRC Server" tugmasini bosing. Urinib ko'rasizmi?

Agar do'stlaringizni IRCda uchratmoqchi bo'lsangiz ular bilan bir xil serverga ulanishni unutmang. Xonani bilib turib serverni bilmaslik ko'chani bilib turib shaharni bilmaslikka o'xshaydi.

Bundan buyog'iga mIRCni o'rnatgandan so'ng ozgina tajriba orttirib ko'ring. Boshida hamma narsa chalkash ko'rinadi, ozgina o'rganish kerak. Esingizdan chiqmasin: har doim yordam beradigan yaxshi odamlar bor... faqatgina yordamni so'rang!

IRCdan uzilish uchun yuqori-chapdagi tugmani bosing. O'sha yerda kichkina ulanishni ko'rsatib turadi. Uzilishdan oldin boshqa tugmalarni ham urinib ko'ring, keyinroq kerak bo'lishi mumkin.

Ko'proq ma'lumot.

Ko'proq ma'lumot uchun quyidagi websitelarni ko'ring:

mIRC rasmiy website
Ozbekcha mIRC va ma'lumot

mIRCning yordam faylini ham qarab chiqing. mIRC bilan birga ikkita muhim yordam fayli mavjud; bittasi mIRC uchun va ikkinchisi umumiy IRC uchun. Ikkinchi fayl -IRC Intro- ni qachondir o'qib chiqishni judayam maslahat beraman. IRC Intro barcha yuz berishi mumkin bo'lgan voqealarni tushuntiradi va IRCdagi ba'zi bir odamlarning o'zini g'alati va kulgili tutishi sababini bildiradi.

Omad, va IRCda rooooossaaa maza qiling!


Inglizcha original muallifi Tjerk Vonck - [email protected]
© Copyright 1995-2002 Tjerk Vonck & mIRC Co. Ltd.